Texnik indikatorlarning 4 ta eng keng tarqalgan turi | Deriv Blog
Savdoda texnik tahlil nima ekanligi haqidagi blog postimizdan siz texnik indikatorlar aktivning narx harakatlarini bashorat qilishga yordam beradigan matematik hisob-kitoblar ekanligini allaqachon bilishingiz mumkin. Bu hisob-kitoblar aktivni bir necha tomondan baholaydi va qimmatli tushunchalar berib, savdo strategiyalaringizni yaxshilashga yordam beradigan haqiqatan ham kuchli vositaga aylanishi mumkin.
Deriv tahririyati · 2-iyun, 2022 · 3 daqiqa o'qish

Bizning Savdoda texnik tahlil nima blog postimizdan siz texnik indikatorlar aktivning narx harakatlarini bashorat qilishga yordam beradigan matematik hisob-kitoblar ekanligini allaqachon bilishingiz mumkin. Bu hisob-kitoblar aktivni bir necha tomondan baholaydi va qimmatli tushunchalar berib, savdo strategiyalaringizni yaxshilashga yordam beradigan haqiqatan ham kuchli vositaga aylanishi mumkin.
Siz foydalanishingiz mumkin boʻlgan oʻnlab indikatorlar mavjud, lekin ular odatda taqdim etadigan maʼlumot turiga qarab guruhlarga boʻlinadi. Baʼzi indikatorlar bir nechta maʼlumot toʻplamlarini taqdim etishi mumkin va shuning uchun bir nechta guruhga tegishli boʻlishi mumkin.
Ushbu blogda biz indikatorlarni 4 ta asosiy turga guruhladik va har bir guruh treyderlarga savdo imkoniyatlarini aniqlashda qanday yordam berishini qisqacha tushuntiramiz.
1. Trend indikatorlari
Savdoda trend uzoq vaqt davomida narx harakati yoʻnalishini bildiradi. Masalan, narx doimiy ravishda oshib borsa, bu oʻsish trendi, pasayib borsa esa pasayish trendidir.
Trend indikatorlari bozor qaysi yoʻnalishni olishini aniqlashga yordam beradi.
Baʼzi keng tarqalgan trend indikatorlari:
- Moving average (MA)
- Parabolic stop and reverse (Parabolic SAR)
- The Ichimoku Cloud
2. Hajm indikatorlari
Savdoda hajm maʼlum vaqt oraligʻida amalga oshirilgan savdolar sonini bildiradi. Bu aktivning taklif va talabining bevosita koʻrsatkichidir.
Savdo hajmini oʻlchash orqali hajm indikatorlari trend davom etishi mumkinligini koʻrsatadi.
Masalan, oʻsish trendidagi yuqori hajm yuqori talabni va shuning uchun narxning yanada oshishini koʻrsatadi. Teskari holatda ham xuddi shunday ishlaydi: pasayish trendidagi yuqori hajm yuqori taklifni va narxning yanada tushishi ehtimolini koʻrsatadi.
Baʼzi keng tarqalgan hajm indikatorlari:
- On balance volume (OBV)
- Accumulation / Distribution indicator
- Money flow index
3. Volatillik indikatorlari
Savdoda volatillik narxning vaqt oʻtishi bilan qanchalik harakatlanish darajasini belgilaydi. Yuqori volatillik tez va oldindan aytib boʻlmaydigan narx oʻzgarishlarini koʻrsatadi. Volatillik indikatorlari aktivning narx diapazonini oʻlchaydi va yuqori volatillik momentlarini ushlashga yordam beradi.
Koʻplab treyderlar yuqori volatillikdagi aktivlar va bozorlarni afzal koʻradilar, chunki ular tezroq va yuqoriroq daromadlar bilan birga koʻplab savdo imkoniyatlarini taqdim etadi.
Eng keng tarqalgan volatillik indikatorlari:
- Bollinger bands
- Donchian channel
- Average true range (ATR)
4. Momentum indikatorlari
Savdoda momentum narx oʻzgarishi tezligini bildiradi. Momentum indikatorlari ushbu tezlikni oʻlchaydi, bu esa yaqinlashib kelayotgan trend oʻzgarishini koʻrishga yordam berishi mumkin.
Eng keng tarqalgan momentum indikatorlari:
- Relative strength index (RSI)
- Moving average convergence divergence (MACD)
- Stochastic oscillator
Texnik indikatorlardan foydalanishning eng yaxshi usuli qanday?
Treyderlar texnik indikatorlardan foydalanganda, odatda ularning 2-3 tasini bir vaqtda qoʻllaydilar va toʻgʻri savdo qarori qabul qilish ehtimolini oshirish uchun natijalarini solishtiradilar. Masalan, agar trend indikasi trend oʻzgarishini bashorat qilsa, ular bu oʻzgarishni qoʻllab-quvvatlash uchun yetarli xarid yoki sotish kuchi borligiga ishonch hosil qilish uchun hajmni ham tekshiradilar. Lekin texnik indikatorlar, xuddi grafik naqshlari kabi, baribir bashorat ekanligini va 100% aniqlik bermasligini eslab qolish muhim.
Shuningdek, haqiqiy pul bilan savdo qilishdan oldin avval xavfsiz demo hisobingizda turli kombinatsiyalarni sinab koʻrish har doim yaxshi gʻoyadir.
Yoki, agar moliyaviy bozorlarni tahlil qilishning boshqa notexnik usulini bilmoqchi boʻlsangiz, bizning Fundamental tahlil blog postimizga oʻting va yirik siyosiy va iqtisodiy voqealar narxlarga qanday taʼsir qilishi mumkinligini bilib oling.