P2P platformalarda o‘zingizni qanday himoya qilish kerak | Deriv Blog

P2P to‘lov xizmatlaridan foydalanganda firibgarlik va aldovlardan qanday saqlanish hamda P2P platformalarda moliyangizni himoya qilishni o‘rganing.

Deriv tahririyati · 4 January 2024 · 4 daqiqa o'qish

Share
Mol-mulkingiz va shaxsingizni himoya qilish har qachongidan ham muhim. Firibgarlar sizning ma’lumotlaringizdan foydalanish yo‘llarini topishda uddaburon bo‘ladi. Peer-to-peer to‘lovlarni amalga oshirayotganda o‘zingizni qanday himoya qilishni bilish uchun davom eting.

Peer-to-peer (P2P) platformalar pul jo‘natish va qabul qilish usulini tubdan o‘zgartirdi. Biroq qulaylik va tezlik ko‘pincha xavf evaziga keladi: firibgarlik va aldovlarga moyillik. 

Raqamli muhit rivojlangani sayin, firibgarlar qo‘llaydigan usullar ham o‘zgarib boradi. Raqamli aldovlardan o‘zingizni qanday himoya qilishni bilib qo‘yish foydadan xoli emas. 

Keling, peer-to-peer to‘lov tizimlarida xavfsiz bo‘lishingizga yordam beradigan ayrim muhim tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

P2P firibgarliklaridan qanday saqlanish mumkin

Himoyalangan va ishonchli platformalardan foydalaning

  • Xavfsizlikka e’tibor qaratadigan peer-to-peer to‘lov platformalaridan foydalaning. 
  • Ishonchli nizolarni hal qilish mexanizmlari va kuchli mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatini taklif qiladigan platformalarni tanlang. Deriv P2P shunday platformaga misol bo‘la oladi. 
  • Qaysi biridan foydalanishni hal qilishdan oldin turli platformalarni o‘rganing va sharhlarni o‘qing. 

Ikki bosqichli autentifikatsiyani (2FA) yoqing

  • Imkon bo‘lsa, 2FA yoqib, hisobingizni himoya qiling. 
  • 2FA tizimga kirishda yoki tranzaksiya amalga oshirishda ikkinchi tasdiqlash bosqichini talab qiladi. 
  • Bu firibgarlarning hisobingizga ruxsatsiz kirishini qiyinlashtiradi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling

  • Hech qachon maxfiy shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni ulashmang. 
  • Bunga ID raqamingiz, kredit karta ma’lumotlari yoki kirish ma’lumotlaringiz kiradi. 
  • Haqiqiy platformalar bu ma’lumotni faqat xavfsiz kanallar orqali so‘raydi.

Faqat ishonchli shaxslar bilan ishlang

  • Ayniqsa katta summadagi to‘lovlar uchun faqat ishonadigan shaxslar bilan ishlash juda muhim. 
  • Qabul qiluvchining shaxsini tekshiring. To‘lovni amalga oshirishdan oldin bu sizga ma’qul ekaniga ishonch hosil qiling.
  • Deriv P2Pda ishonchli reyting va statistika ko‘rsatkichlariga ega shaxslar bilan almashishingiz mumkin.

Foydalanuvchi ma’lumotlarini ikki marta tekshiring

  • Har qanday to‘lovni boshlashdan oldin foydalanuvchi ma’lumotlarini doimo ikki marta tekshiring va tasdiqlang. 
  • Firibgarlar sizni chalg‘itish uchun o‘xshash ism yoki elektron pochta manzillaridan foydalanishi mumkin. 
  • Pulni to‘g‘ri odamga jo‘natayotganingizga ishonch hosil qilish uchun vaqt ajrating va ma’lumotlarni tasdiqlang.

Oldindan to‘lov so‘rovlariga ehtiyot bo‘ling

  • Agar kimdir sizdan unga to‘lov qilinishidan oldin mablag‘ni chiqarib yuborishni so‘rasa, ehtiyot bo‘ling. 
  • Firibgarlar ko‘pincha foydalanuvchilarni pulni oldindan yuborishga ko‘ndirib, so‘ng g‘oyib bo‘lishga urinadi. 
  • Mablag‘ni chiqarishdan oldin to‘lovni olganingizga doimo ishonch hosil qiling.

Hisob faolligingizni muntazam kuzatib boring

  • Hisob faolligingizni tez-tez kuzatib boring. Bunga P2P hisobingiz, bank hisobingiz va pul kirib-chiqadigan boshqa barcha joylar kiradi.
  • Shubhali yoki ruxsatsiz faoliyat belgilarini aniqlash uchun tranzaksiya tafsilotlari, to‘lov tarixi va bildirishnomalarni ko‘rib chiqing. 
  • Har qanday xavotir yoki shubhani darhol xabar qiling. Deriv P2Pda ishonchli qo‘llab-quvvatlash jamoamiz orqali nizoni ko‘tarishingiz mumkin.

P2P platformalarda xavfsizligingizni o‘zingiz nazorat qiling

Hushyor bo‘lib yurish va ushbu tavsiyalarga amal qilish o‘zingizni himoya qilishda katta yordam beradi. Texnologiyalar rivojlangani sayin firibgarlarning usullari ham takomillashadi. Moliyangizni himoya qilish uchun doimo xabardor va ogoh bo‘lib yuring. 

Join 3M+ global traders

Open an account in minutes and start trading the world's markets — forex, stocks, indices, and more.