Copy savdoda riskni qanday boshqarish kerak | Deriv Blog

Copy savdoda risklarni qanday boshqarishni bilib oling: portfellaringizni diversifikatsiya qiling, equity stop-loss belgilang, pozitsiyalarni sozlang va muvaffaqiyatli savdo uchun yangiliklardan xabardor bo‘lib boring.

Deriv tahririyati · 17 November 2023 · 4 daqiqa o'qish

Share

Copy savdo strategiya taqdim etuvchilarning savdo qarorlarini takrorlashni anglatadi, bu esa portfelingiz natijasi bevosita boshqalarning tanloviga bog‘liq ekanini bildiradi. Bu diversifikatsiya qilish va yangi savdo strategiyalarini o‘rganish uchun kuchli vosita bo‘lishi mumkin, biroq u sizni, copy qiluvchi sifatida, strategiya taqdim etuvchining hissiyotlari va moyilliklari, shuningdek bozor noaniqliklari kabi turli risklarga ham duchor qiladi.

Copy savdoda ustunlikka erishishning kaliti — savdolaringizni kutilmagan bozor tebranishlari va ehtimoliy yo‘qotishlardan himoya qilishga yordam beradigan yaxshi risk boshqaruvi strategiyalarini joriy etishdir. Barcha risklarni butunlay yo‘qotishning ishonchli usuli bo‘lmasa-da, copy savdo paytida risklaringizni boshqarish uchun amal qilishingiz mumkin bo‘lgan bir qator asosiy tamoyillar mavjud. 

Copy portfellaringizni diversifikatsiya qiling

Bitta traderni copy qilish o‘rniga, turli savdo strategiyalariga ega bir nechta strategiya taqdim etuvchilarni copy qilib, copy portfellaringizni diversifikatsiya qiling. Diversifikatsiya riskni turli savdo uslublari va aktivlar bo‘ylab taqsimlashga yordam beradi.

Maksimal equity stop loss belgilang

Alohida pozitsiyalarda stop loss orderlarini qo‘ya olmasangiz ham, butun copy savdo portfelingiz uchun maksimal yo‘qotish chegarasini belgilashingiz mumkin. Agar portfelingiz ushbu chegaraga yetsa, strategiyangizni qayta ko‘rib chiqmaguningizcha copy qilishni to‘xtatishni ko‘rib chiqing.

Ushbu variant strategiyalarni copy qilishda yo‘qotishlarni cheklashga imkon beradi. Agar equityingiz belgilangan darajadan pastga tushsa, barcha copy qilish to‘xtaydi va strategiya taqdim etuvchidan copy qilingan ochiq pozitsiyalar yopiladi.

Misol: Hisobingizdagi balans 10,000 USD va siz equity sozlamangizni 9,000 USD qilib belgilagansiz. Equityingiz 9,000 USD ga tushganda, barcha copy qilish to‘xtaydi va copy qilingan barcha pozitsiyalaringiz yopiladi. Bu holatda siz 1,000 USD risk ostiga qo‘yasiz.

Pozitsiya hajmini sozlang

Copy qilingan pozitsiyalar hajmi strategiya taqdim etuvchining (SP) equityi va copy traderning (CT) equityi o‘rtasidagi nisbatga asoslanadi. 

Masalan, agar SP ning balansi 10,000 USD bo‘lsa va CT ning equityi (copy hisobda) 500 USD bo‘lsa, nisbat 1:20 bo‘ladi. Bu holda, agar SP 1 lot EUR/USD — 100,000 EUR hajmida pozitsiya ochsa, copy qiluvchining hisobida ochilgan pozitsiya hajmi 100,000/20 = 5,000 USD = 0.05 lot bo‘ladi. 

Bu shuni anglatadiki, copy qiluvchi o‘z hisobidagi mablag‘ miqdoriga SP miqdori nisbatan pozitsiya hajmini «sozlay» oladi.

Yangiliklardan xabardor bo‘ling va doimiy o‘rganing

Moliyaviy bozorlar, savdo strategiyalari va aktivlar narxiga ta’sir qiluvchi omillar haqida xabardor bo‘lib borish juda muhim. Bozor haqidagi bilimlar asosli qaror qabul qilishga imkon beradi. Copy savdo va risk boshqaruvi haqida doimiy ravishda bilim oling. Mexanizmlar va ularga bog‘liq risklarni tushunish sizga yaxshiroq tanlov qilish imkonini beradi.

Muntazam ko‘rib chiqing

Copy qiluvchi sifatida siz copy savdo sozlamalaringizni va strategiyalar natijalarining barqarorligini muntazam tekshirib borishingiz kerak. Ayniqsa bozor tebranishlari davrida strategiya taqdim etuvchilarga to‘liq tayanib qolmang. Bozor sharoitlari va strategiya taqdim etuvchilarning natijalariga qarab sozlamalarni moslashtirish samarali risk boshqaruvi uchun zarurdir.

Deriv cTrader tajribali traderlarni copy qilish qulayligini taqdim etsa-da, risk va portfelingizni boshqarishda faol rol o‘ynashingiz muhim. Ushbu strategiyalar sizga ehtimoliy yo‘qotishlarni cheklashga va copy savdoda yanada muvozanatli hamda mas’uliyatli tajribaga erishishga yordam berishi mumkin.

Join 3M+ global traders

Open an account in minutes and start trading the world's markets — forex, stocks, indices, and more.