Deriv Investors in People'dan Oltin akkreditatsiya oldi | Deriv Blog

Deriv Investors in People’dan Oltin akkreditatsiyaga sazovor bo‘ldi. 2023-yildagi Derivning eng katta yutuqlaridan biri bo‘lgan ushbu natijaning mezonlari, jarayoni va bosib o‘tilgan yo‘li bilan tanishing.

Deriv tahririyati · 19 April 2023 · 6 daqiqa o'qish

Share

Fintex sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan Deriv kompaniyasi We invest in people, Oltin akkreditatsiyasini qo‘lga kiritdi. Bu 2023-yilda qo‘lga kiritilgan birinchi sanoat mukofoti bo‘lib, shu yilgi ko‘plab maqsadlaridan biridir.

Oltin mukofotiga sazovor bo‘lish katta g‘alaba bo‘lib, Investors in People (IIP) tomonidan baholanadigan tashkilotlarning atigi 17 foizigina bunga erishadi. Ushbu akkreditatsiya 3 yil muddatga beriladi. IIP ishonchni namoyish etish, xodimlarni ko‘nikma va bilimlarini oshirishga rag‘batlantirish hamda o‘zgarishlarga tez moslashuvchan bo‘lib qolish maqsadida o‘z boshqaruv uslubini nozik sozlaydigan kompaniyalarni e'tirof etadi.

Deriv uchun oltin akkreditatsiyasi brokerning o‘zining barcha ofislarida shakllantirishga intilgan yetakchilik yondashuvi, xodimlar bilan ishlash amaliyotlari va ishonch madaniyatining e'tirofidir. So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning 80 foizi xodimlar bilan ishlashning mustahkam amaliyotlari mavjudligiga qo‘shiladi. Ular o‘zlariga imkoniyatlar yaratadigan, ularni eng yaxshi natija ko‘rsatishga va bor kuchi bilan ishlashga ilhomlantiruvchi ish madaniyatini qadrlashadi.

To‘plangan ma'lumotlar shuni ham ko‘rsatadiki, Deriv mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish imkoniyatlarini taqdim etadi va insonlarni birinchi o‘ringa qo‘yishga e'tibor qaratadi. Xodimlar o‘z ish ko‘lami, biznes va sanoat haqida mayda masalalardan kengroq fikrlashga o‘tish orqali innovatsiyalar va transformatsiyalarda ishtirok etadilar.

Deriv Rwanda ofisida IIP bayrami
Deriv Rwanda ofisida IIP bayrami

Kompaniyalarni saralash uchta tamoyilga asoslanadi:

Yetakchilik: Xodimlar va rahbarlar jamoasi o‘rtasida qanchalik ishonch bor? Rahbarlar o‘z qadriyatlariga amal qilib, to‘g‘ri madaniyatni ilhomlantiradimi?

Qo‘llab-quvvatlash: Xodimlar o‘z ishini yaxshi bajarishi uchun to‘g‘ri tuzilmalar mavjudmi? Xodimlar yaxshi ishlagani uchun rag‘batlantiriladimi? Qiyinchilikka duch kelganda yetarlicha qo‘llab-quvvatlanadimi?

Takomillashtirish: Xodimlar o‘sishi va rivojlanishi uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudmi? Kompaniya kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlarga tayyormi?

Jarayon:

  • IIP vakili kompaniya va uning xodimlari bilan suhbatlashadi hamda akkreditatsiya olishdan maqsad nima ekanini aniqlaydi.
  • IIP xodimlarning kompaniyada ishlash haqida qanday his qilishlari va qanchalik yaxshi qo‘llab-quvvatlanishlarini aniqlash uchun ularga so‘rovnoma yuboradi.
  • IIP ish joyi haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish uchun xodimlar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazadi va yig‘ilishlarda qatnashadi.
  • Asosiy xulosalar kompaniyaning akkreditatsiyani qo‘lga kiritishda muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lganini ochib beruvchi hisobotda e'lon qilinadi. Hisobot shuningdek, IIP tomonidan kompaniyaning keyingi qadamlari bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
  • IIP akkreditatsiya davrida kompaniya qanday o‘zgarishlar qilishi kerakligi haqida harakatlar rejasini ishlab chiqadi.

Akkreditatsiya Derivni moliya va sug‘urta faoliyati sektorida 1-o‘ringa, texnologiya/IT sektorida esa global miqyosda 3-o‘ringa qo‘yadi. Reytinglar xodimlar soni 250–4,999 nafar bo‘lgan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.

Deriv Cyprus ofisi uchun Oltin akkreditatsiya
Deriv Cyprus ofisi uchun Oltin akkreditatsiya

Mukofotni izohlar ekan, Xodimlarni boshqarish bo‘limi rahbari Sima Xallon (Seema Hallon) shunday dedi:

“Bu biz uchun faxrli yutuq! Derivda biz har bir jamoa a'zosini o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashishga hamda o‘z vazifalarida eng yaxshi hissasini qo‘shish uchun 'o‘z ishini yanada yaxshilashga' undaydigan ish muhitini yaratishga harakat qilamiz. Bizning qadriyatlarimizga asoslangan ishonch madaniyatimiz ochiq suhbatlar, faol ishtirok, moslashuvchan ishlash va birgalikda dam olishga asoslangan. Biz IIP bilan ushbu mukammallik yo‘lida ekanimizdan xursandmiz va tez orada Platinum toifasiga kirishga umid qilamiz!”

​​Deriv 2023-yil uchun ulkan o‘sish rejalariga ega. U o‘zining dinamik, xilma-xil va tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan ish joyini kengaytirish uchun malakali mutaxassislarni qidirmoqda. Bizning sayohatimizga qo‘shiling, ochiq vakansiyalarimiz bilan tanishing.

Deriv haqida

So‘nggi 23 yil davomida Derivning missiyasi onlayn savdoni hamma uchun, istalgan joyda ochiq qilish bo‘lib kelmoqda. Derivning mahsulot taklifiga intuitiv savdo platformalari, 200 dan ortiq savdoga qo‘yiladigan aktivlar (foreks, aksiyalar va kriptovalyutalar kabi bozorlarda), noyob savdo turlari va boshqalar kiradi. 16 ta mamlakatdagi 20 ta global ofisida 1200 dan ortiq xodimga ega Deriv ijobiy ish madaniyati, xodimlar muammolarini o‘z vaqtida hal qilish, yutuqlarni nishonlash va ularning kayfiyatini ko‘tarish bo‘yicha tashabbuslarni o‘tkazishni o‘z ichiga olgan eng yaxshi ish muhitini taqdim etishga intiladi.

MATBUOT ALOQASI
Aleksandra Zuzic
[email protected]

Ushbu e'longa ilova qilingan rasmlar quyidagi havolalarda mavjud:
https://www.globenewswire.com/NewsRoom/AttachmentNg/c7747671-2e51-4da5-8bdc-e8ccab8ef6b2
https://www.globenewswire.com/NewsRoom/AttachmentNg/cd0a9ee9-744f-4eb2-a533-d19989a1f090
https://www.globenewswire.com/NewsRoom/AttachmentNg/44084c93-ef28-4ce4-a375-c0296647ba71

Join 3M+ global traders

Open an account in minutes and start trading the world's markets — forex, stocks, indices, and more.